O‘zbekiston Milliy arxivida o‘quv xonasi va elektron kutubxona faoliyat ko‘rsatib, tadqiqotchilardan qabul qilingan hujjatlarni olishga bo‘lgan talabnomalar 24 soat davomida ko‘rib chikiladi va bajariladi. O‘quv zali soat 10:00 dan 17:00 gacha dam olish kunidan tashqari har kuni ishlaydi. O‘quv xonasida foydalanish uchun yig‘majildlarga buyurtma berish miqdori quyidagicha belgilangan: bir kunda 10 tadan ortiq yig‘majild olish, aloxida kimmatli hujjatlar uchun 5 tadan ko‘p bo‘lmagan yig‘majildlar olish va noyob hujjatlar uchun bir kunda 1 ta yig‘majild.
Shuningdek, tadqiqotchilar arxivning ilmiy kutubxona manbalaridan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Milliy arxivining kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha)ga oid adabiyotlar bor.
O'zbekiston Milliy arxivi faoliyatining ko'rsatkichlari