O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining “Hujjatlarni jamlash, idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish” bo‘limi 1971 yildan O‘zR MDAning jamlash manbai bo‘lgan tashkilot va muassasalari bilan bevosita aloqada bo‘lib, arxiv ishi va ish yuritish masalalari bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi
- O‘zR MDAning jamlash manbai bo‘lgan tashkilot va muassasalardagi idoraviy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zR MAF) hujjatlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazishni tashkil etadi;
- arxiv hujjatlari bilan rejali va maqsadli ravishda jamlash maqsadida arxivda jamlash manbalari ro‘yxatlarini tuzadi;
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha jamlash manbai bo‘lgan tashkilot va muassasalar hujjatlarini ularning sohasi, turi, mazmuniga ko‘ra, O‘zR MDAda jamlaydi;
- jamlash manbai bo‘lgan tashkilotlarning idoraviy arxivlarida saqlanayotgan O‘zR MAF hujjatlarining saqlanish holati ustidan nazoratni olib boradi;
- jamlash manbai bo‘lgan tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishga oid me’yoriy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatadi, shuningdek, ularni O‘zR MDA Ekspert tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK)da kelishishga ko‘maklashadi va boshqalar.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, arxivning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.