“Hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanish” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini O‘zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritishga oid qonun osti hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma, nizom, buyruq va farmoyishlarga, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi Nizomi va bo‘lim Nizomga muvofiq belgilaydi.
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini e’lon qilish va ulardan foydalanishni yuksaltirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
- Qiziqqan tashkilotlar bilan davlat arxivi hujjatlarini e’lon qilish va ulardan foydalanish yuzasidan xizmat aloqalarini amalga oshirish, davlat arxivi hujjatlaridan foydalangan xolda idoralar, tashkilotlar va fuqarolarning mavzuli so‘rovlarini bajarish, davlat arxivi hujjatlari asosida hujjatlarni mavzuli saralash va ularning mavzuli ro‘yxatlarini tayyorlaydi.
- Ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio, televideniye orqali arxiv hujjatlarini e’lon qilish va ulardan foydalanishni targ‘ib qilish, mustaqil ravishda yoki boshqa tashkilotlar bilan birgalikda arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasini tashkil etish, arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasini mustaqil ravishda yoki tashkilot lar hamda boshqa arxivlar bilan hamkorlikda tayyorlash va o‘tkazishni tashkil qiladi.
- Tashkilotlar va fuqarolarga tashabbusli axborotlar taqdim etish ularga axborot xati yoki boshqa ma’lumot hujjatlarini yuborish yo‘li bilan amalga oshiradi.
- Davlat arxivi hujjatlaridan foydalangan holda va ko‘rgazma asosida ekskursiyalar, ommaviy uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, maktab darslarini uyushtirish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurti talabalariga o‘rnatilgan tartibda arxiv binosi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etish, hujjatlarni e’lon qilish bo‘yicha ishlar majmuini olib borish, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilarni “O‘quv zali” qoidalari bilan tanishtirish, hujjatlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga zarur ilmiy-maslahatli yordam hamda o‘rnatilgan tartibda arxiv hujjatlaridan nusxalar berish, bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha shartnoma asosidagi ishlarni bajarish va pullik xizmat ko‘rsatishda ishtirok etish, bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda qatnashadi.
- Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ularni joriy qiladi.
- Bo‘lim tarkibida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini o‘rnatilgan tartibda bajarish maqsadida “Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash” sektori faoliyat yuritadi va u o‘z nizomi asosida ish olib boradi.
- “O‘quv zali” foydalanuvchilarining bevosita imzolari bilan berilgan ro‘yxat va yig‘majildlarning butligi hamda ularni ko‘rsatilgan muddatda davlat arxivi hujjat saqlovxonasiga topshirishni foydalanuvchidan talab qilish, “O‘quv zali”da foydalanuvchilarga zahira fondi mavjud bo‘lgan yig‘majildlarning asl nusxalarini hamda rahbariyatning ruxsatisiz yaroqsiz holga kelib qolgan yig‘majildlarni bermaslik, rahbariyatning yozma ruxsatisiz hujjatlardan nusxa olish uchun buyurtma olmaslik, ommaviy axborot vositalarida xujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanish masalalari yuzasidan o‘z imkoniyatlari darajasida qatnashish, arxiv hujjatlari nashrlarini tayyorlashda arxiv tarixiy hujjatlarini nashr etishning ilmiy qoidalariga amal qilish, tashkilot va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga asosan ish bo‘yicha aloqalarni amalga oshirish, arxiv rahbariyatiga hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish, aniqlangan buzilishlar haqida axborot berish, “Hujjatlar muhofazasini ta’minlash” bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Alohida qimmatli hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish” sektoridan “O‘quv zali” tizimidagi “Elektron kutubxona” uchun ma’lumotlarni talab qilish, o‘zining xizmat vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
- Bo‘lim quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi: o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish, berilayotgan ma’lumotnomalarning haqqoniyligini ta’minlash, bo‘lim yillik rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Bo‘limning tashkiliy-uslubiy boshqaruvini O‘zR MDA direktori amalga oshiradi.
- Arxiv rahbariyati bo‘limga taalluqli topshiriqlarni direktor tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan bo‘lim mudiri orqali beradi.
- Bo‘lim mudiri bo‘lim ishini takomillashtirish hamda davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanishga shaxsan javob beradi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qiladi, bo‘lim xodimlarining ishini taqsimlaydi, ularni rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat arxivi rahbariyati tasdiqlanagan reja asosida amalga oshiradi.
- Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni davlat arxivining boshqa bo‘limlari bilan mustahkam aloqada va ularning bevosita yordami bilan bajaradi.
- Bo‘lim xodimlari bo‘lim mudirining roziligi asosida arxiv direktori buyrug‘i bilan tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.
- Bo‘lim xodimlarining vazifalari lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.