Hujjatlarni muhofaza qilishni ta’minlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tarkibiy bo‘linmasi hamda arxiv xujjatlarini saqlash uchun jamlash manbalaridan sifatli qabul qilish hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini xronologiyasiga qarab o‘lim tarkibida:
a) inqilobgacha bo‘lgan davr fondlari saqlovxonalari;
b) sho‘rolar va mustaqillik davridagi muassasalar fondlari saqlovxonalari;
v) mikrofotonusxa fondlari saqlovxonalari mavjud;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi saqlovxonalarining umumiy soni 23 tani tashkil etadi, ulardan 20 ta saqlovxona asosiy binoda, 3tasi yangi binoda joylashgan.
Arxivning yerto‘lasida turli tashkilotlar, muassasalar va xususiy korxonalar tomonidan depozitar saqlov uchun joylashtirilgan xujjatlar saqlanadi.
Bo‘lim vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini O‘zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritishga oid qonun osti hujjatlari, O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma, nizom, buyruq va farmoyishlariga, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi Nizomiga belgilaydi.
Bo‘limning asosiy vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlovi va muhofazasini ta’minlash;
- tashkilot, muassasa, yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy, uzoq hamda qisqa muddatli hujjatlarini davlat saqloviga o‘rnatilgan tartibda qabul qilish;
- belgilangan tartibda saqlovxonadan hujjatlar va foydalanish fondi nus’halarini berish;
- zaruriy hollarda yig‘majild va fondlarni ko‘chirish ishlarini tashkil etish;
- arxiv hujjatlari muhofazasini ta’minlash masalalariga oid normativ-uslubiy hujjatlarni tayyorlashda qatnashish;
- saqlovxonalar ishini tashkil etish;
Tashkilot, yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat ko‘rsatish turlari
- MAF hujjatlarini muddatidan oldin arxiv saqloviga qabul qilish;
- uzoq muddatli hujjatlarni arxiv saqloviga qabul qilish;
- qisqa muddatli hujjatlarni arxiv saqloviga qabul qilish;
- davlat saqloviga qabul qilib olingan hujjatlarni qimmatdorligi ekspertizasini o‘tkazish va yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlar uchun tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish;
- qog‘oz asosidagi hujjatlarni jismoniy holatini nazorat qilish;
- arxiv hujjatlarining tez eskirishi va buzilishining oldini olish kabilar hisoblanadi.