Germaniyaning Erlangen va Nyurnbergdagi Fridrix-Aleksandr universiteti talabalari O‘zbekiston Milliy arxiviga tashrif buyurishdi.
09.10.2024
Joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy arxiviga Germaniyaning Erlangen va Nyurnbergdagi Fridrix-Aleksandr universitetidan 16 nafar talaba va universitet xodimlari arxiv faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiya a’zolari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tarixini o‘rganuvchi yoshlardan tashkil topgan bo’lib, ular arxivdagi noyob hujjatlar hamda O‘zbekiston tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Shuningdek, Milliy arxiv xodimlari tomonidan arxivda yaratilgan shart-sharoitlar, saqlanayotgan hujjatlar, ta’mirlash jarayonlari hamda raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida mehmonlarga ma’lumot berib o‘tildi.